TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.5K subscribers
Post #8519 1.4K
#StartupMythBusters

❌ Mif: Mahsulot mukammal bo'lgandan keyingina uni foydalanuvchilarga ko'rsatish kerak.

✅ Aslida: Eng yaxshi mahsulot aynan foydalanuvchilar bilan birga yaratiladi.

Buni Instagram va Click misolida ko‘rib chiqamiz.

⚜️ Instagram dastlab Burbn nomli ko‘p funksiyali ilova sifatida ishga tushirilgan. Jamoa foydalanuvchilar asosan foto ulashish funksiyasidan foydalanayotganini ko‘rib, ortiqcha funksiyalarni olib tashladi va mahsulotni aynan shu yo‘nalishga yo‘naltirdi.

📈 Natijada Instagram dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylandi.

💡Xuddi shunday yo‘lni Click ham bosib o‘tgan. Dastlab u oddiy P2P pul o‘tkazmalari xizmatini taklif qilgan. Foydalanuvchilar ehtiyojlari va bozor talabi ortib borgani sari jamoa mahsulotni bosqichma-bosqich rivojlantirib bordi.

🟢 Bugungi kunda Click to‘lovlar, davlat xizmatlari, marketplace, cashback, QR to‘lovlar va boshqa ko‘plab xizmatlarni birlashtirgan O‘zbekistonning eng yirik raqamli to‘lov ekotizimlaridan biriga aylangan.


Demak, startup muvaffaqiyati mukammallikdan emas, o'rganish va moslashishdan boshlanadi.

👌 Foydalanuvchilardan sifatli fikr-mulohaza olishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, 16 Iyul 15:00da Startup Advice sessiyasiga qo'shiling.

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 6
  • 🎉 1
  • 🤩 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 14, 2026Post #9240
  2. Oct 14, 2026📣 BEYOND Accelerator: mahsulot va daromaddan — investitsiya va masshtablashgacha Startapi…
  3. Oct 13, 2026🎮 O‘zbekistonda yaratilgan 30+ o‘yinni bir joyda sinab ko‘rishga tayyormisiz? Mahalliy ge…
  4. Oct 12, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshla…
  5. Oct 12, 2026⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! �…
  6. Oct 12, 2026🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-ok…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →