Investitsiya raundida startap $35,000 Yoshlar Ventures jamg‘armasi tomonidan va $15,000 Turin Politexnika Universiteti tomonidan jalb qildi.
🔎 Body Tester — bu aqlli diagnostika qurilmasi va raqamli sog‘liq monitoringi platformasi. U bo‘y, vazn, puls, qondagi kislorod miqdori, qon bosimi hamda tana harorati kabi 6 ta muhim ko‘rsatkichni avtomatik o‘lchaydi va natijalarni ekranda yoki chek ko‘rinishida taqdim etadi. Shuningdek, tizim tana vazni indeksi (TMI) asosida foydalanuvchi uchun individual tavsiyalarni ham shakllantiradi.
Ushbu investitsiya jamoaga mahsulotni yanada rivojlantirish va texnologiyani takomillashtirish imkonini beradi.
🚀 Body Tester jamoasini tabriklaymiz va muvafaqqiyat tilab qolamiz!
@startupbaseuz
Читать на русском
Read in English
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
