#figureoftheday
📊 Bugungi kun raqami: 4,3 mlrd
Dealroom.co’ning 2026-yil 1-chorak hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi qiymati 4,3 milliard dollarga baholandi. 2025-yilning 4-choragida bu ko‘rsatkich $3,9 mlrd edi.
Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston so‘nggi besh yil ichida startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha Osiyoda 1-o‘rinni egalladi — bu davrda mamlakat ekotizimi qiymati 7,89 baravarga oshgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Nepal (3,97 baravar) va Janubiy Koreya (3,27 baravar) kabi davlatlarni ortda qoldirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston so‘nggi besh yil davomida Enterprise Value (EV) o‘sishi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egalladi.
Bu mamlakatda startaplar va venchur investitsiyalar hajmi faollashib borayotganini va ekotizim qiymati bo‘yicha ijobiy dinamika saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.
—
📊 Today’s figure: 4.3 billion
According to Dealroom.co’s Q1 2026 report, Uzbekistan’s startup ecosystem is valued at $4.3 billion. In Q4 2025, this figure stood at $3.9 billion.
According to the international analytics platform Dealroom.co, Uzbekistan ranked 1st in Asia in startup ecosystem growth — the value of the domestic ecosystem increased 7.89 times over the last five years, outpacing Nepal (3.97x), South Korea (3.27x), and other countries in the region. The report also states that Uzbekistan ranks 4th globally in terms of Enterprise Value (EV) growth over the last five years (Q1 2026).
This indicates that startup activity and venture investments in the country are becoming more active, and a positive trend in ecosystem valuation is being maintained
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Post #7553
4.14K