Bugun XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — “Henderson Land Group” boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdik. Qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildik.
Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonaman.
—
Сегодня встретилась с Питером Ли, председателем Henderson Land Group, одного из крупнейших холдингов Гонконга — специального административного района КНР. Обсудили возможные совместные проекты в возобновляемой энергетике, развитии инфраструктуры Нового Ташкента и образовании.
Наша страна открыта для инвестиций, мы заинтересованы в сотрудничестве с крупным бизнесом Гонконга. Готовы поддерживать совместные проекты, в том числе через создаваемый Ташкентский международный финансовый центр.
Уверена, что у Узбекистана и Гонконга большие возможности для дальнейшего экономического партнёрства.
Post #4440
39.1K




