TGViewer
Saida Mirziyoyeva Saida Mirziyoyeva @sshmirziyoyeva · 66.5K subscribers
Post #4292 67.9K
Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.

​Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.

​Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.

​Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.

​Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.



Вместе с Президентом посетили ряд объектов в Каракалпакстане.

Побывали в новой медицинской академии, на предприятиях и в интенсивных садах, посмотрели, какие условия создаются для работы и повышения доходов людей.

Главным событием стал запуск целого ряда крупных проектов в энергетике, промышленности, транспорте, медицине, цифровой инфраструктуре и других сферах.

Многие из них реализуются вместе с солидными зарубежными партнёрами. Инвестиции в Каракалпакстан растут, появляются новые масштабные проекты. Это говорит о серьёзном доверии к нашей стране и возможностям, которые мы создаём для бизнеса.

Мы намерены двигаться дальше. Привлекать ещё больше инвестиций, расширять круг международных партнёров и запускать проекты всё большего масштаба.
More from @sshmirziyoyeva
  1. Sep 18, 2026Toshkent | sentabr, 2026-yil — Ташкент | сентябрь, 2026 год
  2. Sep 17, 2026“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zb…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →