TGViewer
SQB SQB @sqbuz · 31.4K subscribers
Post #5521 6.84K
SQB: Xivada adabiyot va she’riyat nafasi

Prezident farmoniga muvofiq, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib belgilangan.

Farmon doirasida Bank hamkorligida qator adabiy-ma’rifiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xiva shahrida oʻtkqzilgan “Yangi O‘zbekiston mushoirasi” mushoirasi mana shu loyihalarning ilk namunasi boʻldi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan taniqli adib va shoirlar, shuningdek, yosh ijodkorlar ishtirok etdi.

Mushoira davomida Vatan, inson qadri, milliy o‘zlik va yurtimizdagi yangilanishlar mavzusidagi she’rlar yangradi. Ijodkorlar mamlakatimiz taraqqiyoti, bunyodkorlik ishlari va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlarini ham bildirdi.

Tadbir adabiyot ixlosmandlari va ijodkorlar uchun samimiy muloqot maydoniga aylandi.

“Yangi O‘zbekiston mushoirasi” yil davomida respublikamizning turli hududlarida davom etadi.

—

SQB: В Хиве – дыхание литературы и поэзии

В соответствии с указом Президента АКБ «Узпромстройбанк» определен ответственным за координацию деятельности Союза писателей Узбекистана.

В рамках реализации указа при поддержке Банка реализуется ряд литературно-просветительских проектов. Проведённая в Хиве «Мушоира Нового Узбекистана» стала первым из них.

В мероприятии приняли участие известные писатели и поэты, прибывшие из разных регионов республики, а также молодые авторы.

В ходе поэтического состязания прозвучали стихотворения, посвящённые Родине, человеческому достоинству, национальному самосознанию и преобразованиям, происходящим в нашей стране. Творческие деятели также поделились своими взглядами на развитие страны, созидательные преобразования и их значение в жизни общества.

Мероприятие стало площадкой для открытого и искреннего общения любителей литературы и представителей творческой сферы.

«Мушоира Нового Узбекистана» в течение года продолжится в различных регионах республики.

📲 Telegram 👥 Facebook 😎 Instagram 🎞 YouTube
  • ❤ 13
  • 👍 5
More from @sqbuz
  1. Sep 30, 2026Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi “SQB schoo…
  2. Sep 30, 2026photo post
  3. Sep 28, 2026SQB koʻmagida yangi ish oʻrinlari va ishlab chiqarish quvvati oshmoqda! Davlatimiz rahbari…
  4. Sep 27, 2026“SQB Plus” obunasi bo‘yicha rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “SQB Plus” xizmatlar pak…
  5. Sep 26, 2026Post #5530
  6. Sep 25, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →