QABR ZIYORTIDA E’TIBOR BERADIGAN MASALALAR:
⏺ Qabr ziyoratiga borgan odam avvalo niyatini to‘g‘rilamog‘i, bu ishi bilan Allohning roziligini ko‘zlamog‘i lozim. Zero, har bir amal niyatga bog‘liqdir.
⏺ Qabr ahlidan madad so‘rash, ularga duo qilish, sig‘inish joiz emas, shirk amal, balki ularning haqqiga duo qilish lozim.
⏺ Qabr ahliga nazr qilish, jonliq so‘yish, sham yoqish, latta bog‘lash kabi ishlar og‘ir gunohdir, iymonga xatardir.
⏺ Qabristonga imkon qadar tahoratli, pok holda kirgan afzal. Bu ham ziyorat odobidandir.
⏺ Qabristonga dabdaba bilan, yasan tusan qilib kirish makruh, chunki bu joy oxiratni eslash, xoksorlik izhor etish o‘rnidir.
⏺ Qabrstonga shariatda to‘sish talab qilingan joylarini to‘sib turadigan kiyim bilan kirish kerak. Avrat ochiq holda kirish mumkin emas.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati🔗 t.me/hidoyauz – diniy-ma’rifiy kanal!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📱Youtube
