TGViewer
Sirdaryo.uz Sirdaryo.uz @sirdaryouz · 9.11K subscribers
Post #35100 2.06K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi.
“Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q!”,

- dedi davlatimiz rahbari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi g‘oya – “O‘Z” falsafasini ilgari surdi.

“O‘Z” – O‘zbekiston, O‘zgarish, O‘zlik va Mas’uliyat degani. Kimki yurtimizga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish o‘rni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qat’i nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

– Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u to‘laqonli o‘zimizniki!

– dedi Prezidentimiz. Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan o‘zining qat’iy himoyasida bo‘lishini qayd etdi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar e’tiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytildi. Mamlakatimiz yetakchisi bir oydan so‘ng Yangi Toshkentga yana kelib, berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Yakunda davlatimiz rahbari investor va tadbirkorlarni “O‘z g‘oyang! O‘z sarmoyang! O‘z kelajaging! Yangi O‘zbekiston, Yangi Toshkent – o‘zimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirdi. Yangi Toshkentda mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ko‘plab o‘ziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Facebook|Instagram|X
More from @sirdaryouz
  1. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  2. Oct 14, 2026💧 Islohotlar amalda: Sirdaryo tumani mahallalarida suv tarmoqlari yangilanmoqda! Sirdaryo…
  3. Oct 14, 2026Uchturgon mahallasida 150 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi Boyovut tumanida…
  4. Oct 14, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti…
  5. Oct 14, 2026Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Doniyor Kadirov viloyatdagi faoliyatini Xov…
  6. Oct 13, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →