ℹ️ Samarqand xalqaro texnologiya universiteti yangi o‘quv yili arafasida qabul jarayonlari davom etayotganini e’lon qiladi. Bu — UZBMB (sobiq DTM) imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, oliygoh tanlash qarorini hali qabul qilmagan abituriyentlar uchun noyob imkoniyatdir.
Nega aynan SIUT?
⚫️ Xalqaro darajada tan olingan diplom;
⚫️ 13 mamlakatdan jalb qilingan 40 dan ortiq professor va ekspertlardan bevosita chuqur bilim va tajriba olish imkoniyati;
⚫️ Samarqandning markazida joylashgan zamonaviy kampus — ilmiy izlanish, ijodkorlik va shaxsiy rivojlanish uchun qulay muhit;
⚫️ Talabalarga barcha sharoitlarga ega, kampus hududida joylashgan zamonaviy yotoqxona;
⚫️ Yuqori natijali talabalarga grant imkoniyatlari: kontrakt asosida o‘qishga kirib, bir yil davomida 95+ ball o‘zlashtirish ko‘rsatkichini saqlab qolsangiz, keyingi yildan boshlab grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritasiz!
Bakalavriat yo‘nalishlari 👇
School of Engineering:
- Geomuhandislik;
- Konchilik ishi;
- Neft va gaz muhandisligi;
- Kimyo muhandisligi.
French Higher School of Engineering and Commerce:
- Tadbirkorlik va menejment (3 yillik o‘quv dasturi).
Chinese Institute of Electric Power (CIEP):
- Issiqlik energetikasi.
Talabalarga Xitoyda qo‘shma diplom asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati taqdim etiladi.
Korean Institute of Technology and Culture (KITC):
- Qayta tiklanuvchi energiya;
- Dizayn;
- Raqamli iqtisodiyot.
Talabalarga Koreya Respublikasida qo‘shma diplom asosida tahsilni davom ettirish imkoniyati beriladi.
School of Computing:
- Sun’iy intellekt;
- Kiberxavfsizlik.
Business School:
- Tadbirkorlik va menejment;
- Xalqaro logistika.
ℹ️ SIUT’da barcha ta’lim yo‘nalishlarida dual tizim joriy etilgan. Talabalar birinchi kursdanoq O‘zbekistonning yirik korxonalari hamda Koreya Respublikasi, Xitoy, Fransiya kabi davlatlardagi xorijiy hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✅ Batafsil
📄 Ro‘yxatdan o‘tish
➡️ Abituriyent qo‘llanmasi
☎️ Qabul komissiyasi: +998557055005
🤖 Telegram bot: @siut_admission_bot
🛫 Telegram 📅 Facebook 📷 Instagram 🎞 YouTube
