🎙 Janob Donishda ovozli yordamchi xizmati ishga tushirildi
🎙Janob Donish sun'iy intellekt asosidagi virtual maslahatchisida yangi imkoniyat joriy etildi. Endilikda foydalanuvchilar botga savollarini ovozli tarzda yuborishlari mumkin.
🧠Sun'iy intellekt yuborilgan audio xabarni tahlil qilib, foydalanuvchiga ovozli javob taqdim etadi.
✔️Mazkur funksiya oliy ta'lim, qabul jarayonlari, test sinovlari, ta'lim yo'nalishlari, grant va to'lov-kontrakt, imtiyozlar hamda ta'lim sohasiga oid boshqa savollar yuzasidan tezkor va qulay tarzda axborot olish imkonini yaratadi.
📌 Audio maslahat xizmati bevosita botning o'zida ishlaydi, undan foydalanish mutlaqo bepul.
👉 Janob Donish: @talimxabarlari_ai_bot
Post #134
11.9K