#27/50 challenge ⭐️ 4/5
Ya Bâkî, Entel Bâkî (Mehmet Yıldız)
M. Yildiz kitoblariga ajoyib tarzda oshiqman. Meni ko'pdan beri kuzatadiganlar buni biladi zotan. Kitobni sotib olganimga 3-4 oy bo'lib qolgandi, tugatganimga ham 2 haftacha bo'lib qoldi, lekin endi kanalga vaqt ajrata oldim.
Yozuvchining kitoblarini o'qiganlar u qanday ma'nili, mazmunli kitob yozishini biladilar (faqatgina "Izlash"ni o'qib turib meni nohaq deb tushunmang, kamida "Benden vazgeçme, Ya Rab"ni o'qib ko'ring) Kitob ortiqcha ta'rifga muhtoj emas. Unda iymon darslari shu qadar noziklik va mahorat bilan tushuntirilganki inson beixtiyor nimaga buni avvalroq fikrlab ko'rmagan ekanmana deb afsus cheksa ajab emas. Agar uni yaxshilab anglab idrok etib o'qisangiz, shu kitob soyasida iymoningizni ancha mustahkam qilishingiz mumkindir.
Albatta o'qishni tavsiya qilaman. Xaridni kechiktirmang! 😉
Post #6398
156

- 👍 6
- 😍 4
- 🔥 2