We're all bad in someone else's story..
Bir necha yillar oldin o'qigandim shu jumlani, kvota va aforizmlarni shunchaki yuzaki anglagan paytlarimda ya'ni. Buni qarangki, Robbim yillar o'tgani sari men anglay olmagan barcha haqiqatlarni bir-bir yuzaga chiqaryapti. Meni katta hayotga, to'g'rirog'i, yanada og'irroq sinovlarga tayyorlayotgandek go'yo..
"Hammamiz ham kimdirning hikoyasidagi yomon qahramonmiz" degani bu. Men o'z hayotimdagi yomon harakterlarni, chorasiz zaiflarni, irodasiz lapashanglarniyu sabr timsoli sanalgan haqiqiy geroylarni yaxshi bilaman. Allohga shukrki, menga Robbim fikrlash, mulohaza qilish, xatolardan saboq olish singari kamyob mahoratlarni bergan. Garchi boshimga kelgan sinovlardan so'ng ortga boqqanimda yomon xotiralar aqlimga kelsada, o'zim uchun xulosalar, hayot darslari va ibrat ola olaman. Allohimga shukrlar bo'lsin.
Qanaqa razil insonlar bor hayotda, qanaqa shafqatsiz insonlar bor. Insonlarning zaifliklarini o'zlariga qurol qilib, ular uchun eng qadrli narsalarini ham qo'llaridan tortib olguvchi qanday badbaxt insonlar bor. Yo Robbim! Yaxshilik ham, yomonlik ham sendan ekaniga iymon keltiraman. Hayotdagi ko'p voqealarga guvoh bo'lganim sari dunyodan, undagi razilliklardan shu qadar sovib boryapmanki abadiy adolat o'rnatiladigan oliy Kunni to'rt ko'z bilan mushtoq kutyapman.
O'zing mehribonsan Allohim! O'zing buyuksan yo Robbim! O'tinib so'rayman, hayotimizni yengillashtir. Bizga dunyoda ham, oxiratda ham ofiyat bergin. Men uchun qadrli bo'lgan insonimning mushkulini O'zing oson qil va qilgan sabru toqatiga munosib tasavvuridagidanda ziyoda go'zal baxt bergin. Omin!
O'ylab qoldim, men kimning hikoyasida yomon qahramon ekanman? O'zim bilib-bilmay, kimlarning ko'ngliga ozor berib, ularning xotirasida yomon inson sifatida qolgan ekanman-a?
Shularni o'ylab, o'zimdan nafratlanib ketyapman......