#BirKunIshda
Kecha ishda qiziq holat bo‘ldi.
DevOps mutaxassisimiz ta’tilga chiqib ketgan edi va mendan AWS’ga staging serverni deploy qilib berishimni so‘rashdi.
Men DevOps emasman.
Lekin deploy jarayonini tushunaman: risklar qayerda, javobgarlik qayerda bilaman.
AWS bilan oxirgi marta taxminan 2014 yilda ishlaganman.
Bugun esa: yangi interfeys, yangi servislar, permission’lar hammasi notanish.
Bu shunchaki kod chiqarish emas edi.
Kun davomida infratuzilmani tushunishga to‘g‘ri keldi:
Terraform konfiguratsiyasi, GitHub Actions orqali CI/CD, AWS permission’lari, DynamoDB, Redis va PostgreSQL sozlamalari.
Tushunchalar tanish, lekin AWS’da uzoq ishlamaganim uchun har qadamda to‘xtab tekshirib, yana davom etdim.
Boshida menda eng oson yo‘l bor edi:
“Men DevOps emasman, AWS bilan ishlamayman” deyish.
Lekin unday qilmadim.
O‘qidim. Urindim. Xato qildim. Siqildim. Orqaga qaytdim. Yana urinib ko‘rdim.
Kun oxirida deploy ishladi 🥳.
Bu post AWS haqida emas.
Xulosa shuki:
yangi narsadan qo‘rqmaslik kerak.
“Bilmayman” deyish mumkin — bu normal.
Lekin “qilmayman” deyish — o‘zingni rivojlanishingdan to‘xtatish.
Ko‘p hollarda yangi vazifa xavf emas.
Bu tajriba olish uchun imkoniyat.
Agar har safar “buni qilmaganman” deb chetga chiqsak — tajriba qayerdan keladi?
Tajriba aynan shunday kunlarda yig‘iladi.
👉 @SherzodTech
Post #14
808

- 🔥 28
- 👍 6
- 😁 1
- 🤔 1