#Ijara_xonadonlari
#nazorat
REKTOR IJARA XONADONLARIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
Ijara xonadonlarida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning xavfsizligini ta’minlash va turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida institut rektori, professor Mash’al Saidov, fakultet dekanlari hamda Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan sharoitlar, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi va mavjud xavf omillari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalar bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish, huquqbuzarlik hamda turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Post #39252
1.46K










- 👍 2
- ❤ 1