TGViewer
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Shahrisabz davlat pedagogika instituti @shdpiuz · 9.08K subscribers
Post #39242 1.39K
#Talabalar_turar_joyi
#nazorat

REKTOR 2-SON TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLARNI O‘RGANDI

😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Mash’al Saidov davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida barpo etilgan 2-son talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashashi va ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan o‘rgandi.

O‘rganish davomida yashash xonalarining tozaligi, umumiy foydalanish joylarining ozodaligi, oshxona va boshqa maishiy hududlarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi hamda ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavjud sharoitlar tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, turar joyda tozalik va tartibni ta’minlash hamda talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Asosiy maqsad — talabalar uchun toza, xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish hamda turar joylarda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash.

Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
  • ❤ 3
  • 👍 3
More from @shdpiuz
  1. Oct 14, 2026#yoshlar_kengashi 🙂🙂🙂🙂🙂 🙂🙂🙂🙂 🇺🇿 ShDPI YOSHLARI UCHUN — YAGONA RAQAMLI TIZIM! 😁…
  2. Oct 13, 2026#Ijara_xonadonalri #Talabalar_turar_joyi #nazorat Rektor talabalar turar joylari hamda ija…
  3. Oct 13, 2026#Zakovat #Yoshlar_kengashi #Ijtimoiy_fanlar_fakulteti 📜🗞️📜 ⚡️ “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘…
  4. Oct 13, 2026#Zakovat #Yoshlar_kengashi #Aniq_fanlar ⚡️ “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI G‘OLIBLARI ANIQLA…
  5. Oct 13, 2026#Zakovat #Yoshlar_kengashi #Aniq_fanlar ⚡️ “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI G‘OLIBLARI ANIQLA…
  6. Oct 13, 2026#OAVda_biz "Ma'rifat" gazetasining 2026-yil 14-oktyabrdagi 41-sonida: 😁 Shahrisabz davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →