#Talabalar_turar_joyi
#nazorat
REKTOR 1-SON TALABALAR TURAR JOYIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor Mash’al Saidov 1-son Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, kundalik mashg‘ulotlari va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan intilishlari bilan tanishdi.
Samimiy va ochiq muloqot davomida rektor talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday tashkil etayotgani, fan, sport va ijodiy to‘garaklardagi ishtiroki bilan qiziqdi.
🏬 Suhbatda institut kutubxonasi imkoniyatlarini o‘zlashtirish, mustaqil ta’lim olish va badiiy adabiyotlar mutolaasiga muntazam vaqt ajratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Rektor talabalarga mustaqil fikrlash, tahlil qilish va izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berdi.
📌 Shuningdek, talabalar turar joyida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, umumiy foydalanish joylarining ozodaligi hamda yashash madaniyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Post #39232
1.42K










- ❤ 5
- 👍 2
- 🔥 2
- ⚡ 1
- 👏 1