#Xotin_qizlar_kengashi
#Filologiya_fakulteti
👧 11-OKTYABR — XALQARO QIZLAR KUNI
🎭 TALABA-QIZLAR UCHUN O‘ZGACHA VA KREATIV BAYRAM!
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti Yoshlar kengashi tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut Xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Irgasheva hamda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Nigina Pulatova ishtirok etib, talaba-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etishdi.
Bayram dasturi davomida talabalar tomonidan ijro etilgan milliy raqslar, she’riy chiqishlar hamda oila, mehr-oqibat va milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, qizlarning faolligi, zukkoligi va ijodkorligini namoyon etishga qaratilgan interaktiv o‘yinlar hamda qiziqarli bellashuvlar tashkil etilib, tadbir yanada mazmunli va zavqli o‘tdi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube









