TGViewer
Channel Public Channel
shakhzod's lab

shakhzod's lab

@shakhzodme

🌐 website: shakhzod.me
💬 discuss: @shakhzodcom
Subscribers
1.03K
Photos
445
Videos
38
Links
375
Recent Posts 20 shown
Post #1136 2.96K
Korporativ portal loyihasiga 2 ta tajribasi bor (middle) backendchilarni UZINFOCOM'ga ishga olamiz. Rust o'rganish va WASM bilan ishlash talabi bilan.

Iltimos, CV'ni @aeshakhzod ga yuboring.

Vakansiya yopildi, hammaga rahmat!
  • 🔥 18
  • 😁 4
  • 👾 2
Post #1135 1.32K
shakhzod's lab Photo
Asahi NixOS'da Steam o'rnatib Dota 2 o'ynab ko'rdim.

Avvalasi buni qilishga 1 to'liq kun ketdi. Asosiy muammo Steam dasturi aarch64-linux uchun yo'q ekan. Nixpkgs'dan o'rnatib bo'lmaydi. Internetda unchalik ko'p ma'lumot chiqmadi. Chiqganlarni ishga tushurish ham alohida sarguzasht bo'ldi.

1. Steam on Asahi NixOS - https://gist.github.com/stevesoltys/af4c5c45317c543fa3b88da7d08a7218
Bu usul Steam'ni Docker konteyner ichida ishga tushurar ekan. Urunib ko'rdim ishlamadi

2. steam-asahi - https://github.com/sm-idk/steam-asahi
feature/arm64-client branchda turgan usul ishga tushdi, lekin o'yin ochganda xatolar bilan ishga tushmadi

main branchda esa Waiting for network degan muammo bilan qotib qoldi. https://github.com/sm-idk/steam-asahi/issues/6#issuecomment-5104903831 yordamida bir amallab ishga tushurib oldim.

Dota yuklangandan keyin turli sozlamalar bilan ishga tushurib ko'rdim. Eng ishlagan variant: Proton 11 va -dx11 sozlamalar bilan ishga tushdi. Ekran sozlamalarini 1920x1080@60Hz ga qo'yib eng past grafika tanladim. Natijada 10-15 FPS bilan 4 ta turbo o'ynadik.

Proton 11 va -dx11 dan boshqa sozlamalar o'z o'zidan o'yindan otib yubordi. Memory leak ham juda ko'p bo'ldi. Ochko'z Steam 30GB RAMni yeb yubordi.

Aytgancha, Proton bilan VAC ishlamas ekan, shuning uchun faqat lobby ochib o'zimiz botlarga qarshi o'ynadik (yil boshidan beri o'ynamagandim).

Eksperiment sifatida yomon emas, lekin o'yin o'ynash uchun yoki x86_64-linux NixOS yoki aarch64-darwin macOS da ishga tushurgan ma'qul degan fikrga keldim
  • 🔥 5
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 💯 1
  • 👾 1
Post #1134 1.13K
Uy laboratoriyasi qilganda, parollarni saqlash uchun Vaultwarden ishlatmanglar! Vaultwarden o'ziga shikoyatim yo'q, lekin Bitwarden klient dasturlari har doim antiqa va yangicha narsalar ixtiro qilib Vaultwardenni buzishadi. Shuning uchun boshqa variant sifatida vaqt bilan sinalgan KeePass ishlatgan ma'qul degan fikrga kelmoqdaman.

Bitwarden o'rnatganimga 4 oy bo'ldi, lekin ishlashi chala. Filterlari rasvo. 1Passworddan import qilganda Passkeylarni unutib qo'ygan. SSH va GPG bor kalitlarni import qilish imkoni yo'q, faqat yangisini yaratish.
  • ❤ 1
  • 👾 1
Post #1133 1.4K
shakhzod's lab Ana endi M2 Max'ga Xinux o'rnatamiz
  • 👍 4
  • ⚡ 3
  • ❤ 1
Post #1132 1.32K
shakhzod's lab M2 Max 32gb bo'lsa almashvorsak ham bo'ladi https://asahilinux.org/docs/platform/feature-support/m2/ (behazil)
Ana endi M2 Max'ga Xinux o'rnatamiz
  • 🆒 10
  • 😈 8
  • 🔥 4
  • 👾 1
Post #1130 2.51K
shakhzod's lab Photo
Mac baribir man uchun emas ekan va chetda chang bosib yotibti. Shunga agar qiziquvchilar bo'lsa aloqaga chiqinglar, gaplashamiz.

MacBook Pro 14" Space Gray

M4 Pro 14/20
24GB/1TB
94%

2000$

@aeshakhzod
  • 🔥 17
  • ❤ 5
  • 👎 2
Post #1129 1.99K

Forwarded from Xinux (bahrom04)

Xinux 26.05 Nashri

Bugun butun Xinux jamoasi fahr ila yangi Xinux versiyasini nashr qilganimizni eʼlon qilamiz. 26.05 Mahalla nomli relizimiz, 2026-yil Mahalla yili nomiga bagʻishlangan hisoblanib, unda juda koʻplab yangilik va oʻzgarishlar oʻz ichiga oladi. Jumladan:

- Dasturiy taʼminotimiz koʻrinishini qayta kashf qildik.
- Operatsion tizimimizning oʻrnatuvchi dasturi yanada takomillashdi.
- Biz yozgan va taqdim etadigan E-IMZO Menejer oxirgi nashr qilingan kalitlar bilan hech qanday xatoliklarsiz ishlashda davom etadi. Hamda, dastur yanada stabillashtirildi.
- Relago nomli, xatoliklar aniqlovchi vositamizni kashf qildik. Ushbu dasturimiz texnik ishqibozlarimiz uchun “Haskell” dasturlash tilida birinchi bor yozilganligi oʻzbek dasturchi hamjamiyatlarimizda yangilik, ham tilning mahalliy potensialiga isbot boʻldi. Ushbu harakatda oʻzlarini hissalarini qoʻshgan “Haskell Oʻzbekiston” hamjamiyatidagi ishqibozlarga katta tashakkurlar bildiramiz, sizlarsiz biz buni yolgʻiz uddalay olmas edik!
- Texnik va chuqur bilimli mutaxassislarimiz uchun yangi, oson va qulay modullar taqdim etdik. Tizimdagi har xil qismlarini oʻz xohishlariga binoan module-manager dasturi orqali sozlab olishlari mumkin.
- Mahalla reliz nomiga xos tizim orqa fonlari qoʻshildi.

Bu hali tamom emas albatta! 26.05 ustida ishlar davom etadi va bu bilan birgalikda bir necha olib borilayotgan yangiliklar davomiy taqdim etiladi. Jumladan, Xinux OTga bagʻishlangan sozlamar dasturi va hokazo.

Yanada baʼtafsil maʼlumotlar uchun, bizning vebsaytimizga tashrif buyuring: https://xinux.uz/releases/26.05

Oxirgi relizni yuklab olish: https://xinux.uz/download

Endichi? Keyinchi?

NixOS nashr metodologiyalaridan ilhomlangan holda, yangi reliz ustida ishlarni boshladik va loyiha ustalari bilan kelishilgan holda “Susambil” deya nom berdik. Kelasi 26.11 “Susambil” relizimiz juda katta yangiliklarni nashr etadi va rostdan ham Susambil boʻladi. Aytaylik, hozirda 25.11 dan 26.05 ga qayta oʻchirib tashlab, oʻtish kerak boʻlayotgan boʻlsa, kelasi 26.05 dan 26.11 ga silliq oʻtib ketish imkoniyati paydo boʻladi. Hamda, fayllarni fleshkada oʻzingiz bilan olib yurmaslik imkoniyati paydo boʻladi. Dasturchilar uchun ham Xinuxʼga ilova-yu qoʻshimchalar qoʻshish imkoniyati yaraladi. Ushbu qulayliklardan foydalanadigan kun kelishini intiqib kutib qolamiz va astoydil harakat qilamiz.

Bizga ishonch bildirgan va qoʻllab-quvvatlagan har bir ishqiboz va foydalanuvchilarimizga tashakkur bildiramiz.


Hurmat ila, “Uzinfocom Open Source” departamenti.
xinux.uz Xinux 26.05 "Mahalla" – Xinux Xinux 26.05 reliz eslatmalari
  • 👾 6
  • 🔥 5
Post #1128 1.46K

Forwarded from Mironshokh ㅤ

for mac users
  • 👾 1
Post #1125 2.19K
shakhzod's lab Machine learning deysizlar, mana memory ham train qilar ekan
Avval bilmagan edim, lekin BIOS va qolgan temir tersakni Windows'dan emas Linux'dan ham yangilasa bo'lar ekan!

fwupdmgr update
  • 👾 11
  • ❤ 1
Post #1124 1.87K
Machine learning deysizlar, mana memory ham train qilar ekan
  • 🤣 12
  • 👾 1
Post #1123 2.5K
Splitchilar ko'paygan bizda
  • 🔥 25
  • 👍 7
  • ❤ 1
  • 👾 1
Post #1122 2.07K
Kechasi chill qilish uchun eng zo'r choy! 4 oydan beri sinalgan tanlov
  • ❤ 4
  • 👾 2
Post #1121 1.89K
Spotify'da DJ fichasi chiqdi. Yil boshida UK obunasida ishlatib ko'rgan edim, hom edi. Bugun esa bu ochildi. Testlaymiz
  • 🔥 5
  • 👾 2
Post #1120 1.87K
@aellocate bilan raritet topdik!
  • 🤩 5
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👾 1
Older posts →

About this channel

How can I read @shakhzodme without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for shakhzod's lab: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does shakhzod's lab have?
shakhzod's lab (@shakhzodme) has 1.03K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does shakhzod's lab know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →