TGViewer
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati @scisuz · 4.14K subscribers
Post #12771 1.42K
⚛️ RITM-200N yadroviy qurilmali energoblokni barpo etish bo‘yicha litsenziya berildi

🇺🇿 O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida energetika sohasini diversifikatsiya qilish, barqaror va ekologik toza energiya manbalarini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Atom energetikasini rivojlantirish yo‘nalishida huquqiy, tashkiliy va texnik asoslar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda.
AES qurilishi bilan bog‘liq jarayonlarda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga yuklatilgan.
📄 O‘tgan davrda “Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlari Qo‘mita huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tomonidan kompleks o‘rganildi.
✅ Ushbu o‘rganishlar natijasida joriy yilning 23-mart kuni AES qurilishi uchun ajratilgan yadroviy qurilmalarni joylashtirish maydonchasidan foydalanishga ruxsatnoma berilgan edi.
🔍 Shuningdek, RITM-200N yadroviy qurilmali AES energobloklarini barpo etishga oid hujjatlar, loyiha yechimlari va xavfsizlikni asoslash materiallari amaldagi qonunchilik, xorijiy tajriba hamda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik tavsiyalari asosida ko‘rib chiqildi.
🌐 Mazkur loyihalarni ko‘rib chiqish jarayoniga xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilot mutaxassislari, xususan, Rossiya Federatsiyasining radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi yetakchi mutaxassislari ham jalb etildi.
📌 Navbatdagi bosqich doirasida bugun Qo‘mitada tashkil etilgan Kengashda RITM-200N yadroviy qurilmali AES energoblokini barpo etish bo‘yicha litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
🏗 AES qurilishi loyihasini amalga oshirish davomida litsenziya shartlarining bajarilishi, qurilish jarayonida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi hamda aholi va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash ustidan Qo‘mita tomonidan doimiy davlat nazorati amalga oshirib boriladi.

🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati

📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱 YouTube | 📱Veb-sayt
More from @scisuz
  1. Sep 30, 2026💝 “Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qitu…
  2. Sep 30, 2026Qo‘mita tizimida tarixiy meros, milliy o‘zlik va inson qadri masalalariga bag‘ishlangan se…
  3. Sep 30, 2026Donolar bisotidan Tartib bor joyda xotirjamlik, intizom bor joyda muvaffaqiyat bo‘ladi. Ko…
  4. Sep 29, 2026Post #14260
  5. Sep 29, 2026Yer osti gaz tarmoqlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Sanoat, radiatsiya va yadr…
  6. Sep 29, 2026⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 "Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →