🇺🇿 GERMANIYA ILMIY-TADQIQOT HAMJAMIYATI DELEGATSIYASI OFISIMIZGA TASHRIF BUYURDI
🔬 24-sentabr kuni *Germaniya ilmiy-tadqiqot hamjamiyati (Deutsche Forschungsgemeinschaft, DFG)*ning katta delegatsiyasi Saksoniya oliygohlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tashrif buyurib, ofis faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida Saksoniya federal o‘lkasi oliygohlarini O‘zbekiston universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikka yanada faol jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish, tadqiqotchilar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Bunday uchrashuvlar Saksoniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim asos yaratadi.
------------
🇷🇺 ДЕЛЕГАЦИЯ НЕМЕЦКОГО НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОГО СООБЩЕСТВА ПОСЕТИЛА НАШ ОФИС
🔬 24 сентября большая делегация Немецкого научно-исследовательского сообщества (Deutsche Forschungsgemeinschaft, DFG) посетила Офис вузов Саксонии в Узбекистане и ознакомилась с его деятельностью.
В ходе встречи состоялся обмен мнениями о возможностях более активного вовлечения вузов Саксонии в научное сотрудничество с университетами и научно-исследовательскими институтами Узбекистана.
Обсуждались перспективы совместных научных проектов, расширения контактов между исследователями и развития новых направлений сотрудничества.
Подобные встречи создают хорошую основу для дальнейшего укрепления научных связей между Саксонией и Узбекистаном.
Post #981
565


- ❤ 5
- 👍 1
- 🔥 1