TGViewer
Study in Saxony (Germany) Study in Saxony (Germany) @saxonscienceliaisonuzb · 2.08K subscribers
Post #974 886
🇺🇿 Bishkekda DAAD mintaqaviy Alumni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 21–22-sentabr kunlari Bishkek shahrida Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD) tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy Alumni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Saxon Science Liaison Office Uzbekistan vakili ham ishtirok etdi.
Tadbir doirasida DAADning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi — “Markaziy Osiyoda ta’lim va jamiyat: oliy ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar” bo‘ldi.
Ikki kunlik dastur davomida, jumladan, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• Markaziy Osiyoning global ilmiy diplomatiyadagi o‘rni;
• Markaziy Osiyoda nemis tilini o‘rganishning bugungi holati va istiqbollari;
• Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasida muvaffaqiyatli oliy ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
• rivojlanish sohasidagi hamkorlikning Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari uchun ahamiyati.
Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan DAAD alumni vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv Germaniya va Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish hamda O‘zbekiston, jumladan Geologiya fanlari universiteti uchun yangi akademik va ilmiy aloqalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuv davomida Markaziy Osiyoning turli mamlakatlaridan kelgan oliy ta’lim va ilmiy soha vakillari bilan yangi aloqalar o‘rnatildi, tajriba almashildi hamda kelgusida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Germaniya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

🇷🇺 В Бишкеке состоялась региональная встреча Alumni DAAD
21–22 сентября 2026 года в Бишкеке состоялась региональная встреча Alumni стран Центральной Азии, организованная Германской службой академических обменов (DAAD). В мероприятии принял участие Saxon Science Liaison Office Uzbekistan.
В рамках встречи также состоялось официальное открытие нового представительства DAAD в Центральной Азии.
Основной темой мероприятия стало «Образование и общество в Центральной Азии: новые тенденции в сфере высшего образования».
В течение двух дней участники обсудили, в частности:
• место Центральной Азии в глобальной научной дипломатии;
• современное состояние и перспективы изучения немецкого языка в Центральной Азии;
• развитие успешных партнёрств между вузами Германии и Центральной Азии;
• значение сотрудничества в области развития для высших учебных заведений Центральной Азии.
В мероприятии приняли участие представители Alumni DAAD из Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана и Узбекистана.
Встреча стала хорошей возможностью для укрепления контактов между вузами Германии и Центральной Азии, обсуждения новых направлений сотрудничества и расширения академических и научных связей, представляющих интерес для Узбекистана, в том числе для Университета геологических наук.
В ходе мероприятия были установлены новые контакты с представителями сферы высшего образования и науки из разных стран Центральной Азии, состоялся обмен опытом и обсуждение возможных направлений дальнейшего сотрудничества. Отдельное внимание было уделено возможностям дальнейшего расширения академических и научных связей между вузами Германии и Узбекистана.
  • 🔥 3
  • ❤ 2
More from @saxonscienceliaisonuzb
  1. Oct 15, 2026🇺🇿 🎓 Saksoniyadan quvonchli yangilik! Nurmuhammad Mustafoyev va Abubakir Usmonov 2025-y…
  2. Oct 8, 2026🇺🇿 2026-yil 6-oktabr kuni Saxon Science Liaison Office Uzbekistan Toshkent shahrida bo‘l…
  3. Oct 5, 2026🇺🇿 STUDY IN SAXONY: ELECTRICAL ENGINEERING 7-oktabr kuni Saksoniyada Electrical Engineer…
  4. Oct 2, 2026🌍 🎓Hamkorlarimizdan ma’lumot: Toshkentda Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Chet…
  5. Oct 1, 2026Hurmatli ustoz va murabbiylar, sizni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz! Barchangizga sih…
  6. Sep 29, 2026🇺🇿🤝 SAKSONIYA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI VAKILI OFISIMIZGA TASHRIF BUYURDI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →