TGViewer
WESTER | SAT WESTER | SAT @sat_wester · 1.18K subscribers
Post #81 2.03K
❗️ SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun muhim yangilik: kvota belgilandi.

Unga ko’ra, SAT sertifikatiga (1200 balldan yuqori) ega abituriyentlarni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishiga o’tgan yili jami 200 ta kvota berilgan, shundan 150 tasi o’zbek, 50 tasi rus guruhi uchun.

Agar joriy yilda ham shuncha kvota berilsa, unda ushbu yo’nalishga SAT sertifikatiga ega jami 100 nafar abituriyent davlat grantiga qabul qilinadi (75 tasi o’zbek, 25 tasi rus guruhiga).

Bunda SAT sertifikat baliga qaraladi, ya’ni 1600 dan pastga tushib keladi.

• SAT sertifikati imtiyoziga ega abituriyentlarga 5 tagacha yo’nalish tanlash huquqi beriladi;

• agar beshalasiga ham kira olmasa, unda mandatdan keyin bir hafta davomida vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylarini tanlash huquqi beriladi;

• agar kimdir SAT bali pastligi sababli baribir o’zim xohlagan yo’nalishga kira olmayman deb o’ylasa, unda imtiyozdan foydalanishni rad qilishi va o’z xohishi bilan testga kirib, omadini sinab ko’rishi mumkin;

• lekin bir narsani unutmangki, SAT imtiyozi bilan davlat grantiga kirganlar uchun 4 yillik grant kafolatlanadi, ular grant taqsimotida qatnashmaydi.


@sat_wester
  • ❤ 8
  • 👍 2
  • 🔥 2
More from @sat_wester
  1. Jul 31, 2026📢 Matematika o‘qituvchilari uchun ajoyib imkoniyat! SAT Math bo‘yicha maxsus tayyorlov ku…
  2. Jul 27, 2026🚀 YANGI SAT GURUHLARI OCHILMOQDA! SAT imtihoniga puxta tayyorgarlikni hozirdan boshlang!…
  3. Jul 17, 2026🎓 SAT'dan yuqori natija olgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing! 🏆 Hasanboy — SAT 1400 🏆…
  4. Jul 12, 2026Bu shunchaki raqamlar emas.💯 Bu — Grantlar, universitetlar va o’zgargan kelajak.❤️ Har bi…
  5. Jul 12, 2026photo post
  6. May 26, 2026🔥 Yana bir katta natija! WESTER School o‘quvchilari SAT’dan yuqori ballarni qo‘lga kiriti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →