TGViewer
Sariq Dev Sariq Dev @sariqdev · 15K subscribers
Post #2500 11.4K

Forwarded from Ertaga Kech

Kecha birdaniga eng yirik SI kompaniyalari serverlari bir necha soat davomida ishlamagan (xAI, OpenAI, Anthropic). Bu hodisa chet elda "Great AI Blackout" deb ham atalmoqda.

Tasavvur qiling bir necha soat birorta SI dasturi ishlamay turgan (Grok, Claude, ChatGPT/Codex).

Blackout sabablari hammada turlicha, yagona sabab yoʻq. Kimdadir tarmoq xatosi, kimdadir serverlarga bosim oshib ketgan (OpenAI va Anthropic oldinma-ketin yangi modellar taqdim qilgani ham tahminiy sabab qilib koʻrsatilmoqda).

Moliyaviy zararlar ham hozircha aniq emas, lekin bu tizimlarga bogʻlangan minglab (balki millionlab) boshqa dasturlar, SaaS, CRM, ERP tizimlar ham toʻxtab qolgani aniq.

Millionlab xodimlar ham bu oraliqda ishsiz oʻtirgani yoki samaradorligi tushib ketganini ham inkor qilib boʻlmaydi (ayniqsa dasturchilarni yurak huruji tutgan boʻlsa kerak).

Bu hozircha boshlanishi, SI'da ishlaydigan tizimlar/xodimlar koʻp lekin, hali kritik darajada ommalashmagan. Lekin kelajakda bunday blackoutlar haqiqatdan ham jiddiy moliyaviy zararlarga olib kelishi aniq. Tasavvur qiling, 3-4 soat global miqyosda tok oʻchib qoldi, dunyo boʻylab yoʻqotishlar trillionlab dollarda oʻlchansa kerak. Kelajakda SI ham huddi shunday boʻladi. Eng yomoni nafaqat moliyaviy, balki odamlar hayotiga ham jiddiy zarar yetishi mumkin.

Sizning fikringiz qanday? Siz kechagi blackoutni his qildingizmi?

@ertagakech
  • 👍 58
  • ❤ 20
  • 😁 10
  • 😢 6
  • 🔥 1
  • 🥰 1
More from @sariqdev
  1. Sep 22, 2026Tezlik bilan toʻgʻrilashibdi 👍👍👍
  2. Sep 22, 2026Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan DMED tizimidagi zaiflik. SI'ni toʻg…
  3. Sep 21, 2026Jev juda shov-shuv boʻlgani uchun video yozgandim. Keyin video koʻrishni eringanlar uchun…
  4. Sep 21, 2026⚡️ 200x tez ishlayotgan Jev Oʻtgan hafta sunʼiy intellekt urush boshlab yuborishiga sal qo…
  5. Sep 19, 2026Сунъий интеллект одамларни ишсиз қолдирадими? Хавотирлар ва имкониятлар ҳақида суҳбат Сунъ…
  6. Sep 14, 2026Deepseek topda, Anthropic SIdan gʻarazli yoʻlda foydalanish usullarini chop qildi. Batafsi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →