TGViewer
Sariq Dev Sariq Dev @sariqdev · 15K subscribers
Post #2457 16.2K
Eng yaxshi kod bu - hech qachon yozilmagan kod (The best code is the code you never wrote.)

Tanishing virtual dasturchi agentlaringiz uchun yangi jamoadosh - ponytail. Ponytail bu - dangasa, semiz, kamgap, koz'oynak taqqan senior dasturchi. Unga 50 qator kod ko'rsatsangiz, bir zum qarab turadida, yozgan 50 qatoringizni 1 qator kod bilan almashtirib qo'yadi va u ishlaydi!

Xullas, endi claude code/codex/antigravity uchun mana shunday senior dev plagin o'ylab topishibdi. Men ponytailni kecha sinovdan o'tkazdim (o'zining quruq va'dalariga ishonib qolmaslik uchun), natijalar ajoyib.

Boshlanishiga, ponytail yordamida yozilgan kod haqiqatdan ham 5-6 va hatto ba'zi muammolarda 10 barobar qisqa (tokenlar tejaladi, kod qisqaroq va keraksiz narsalardan toza bo'ladi). Muhimi, so'ramagan narsangizni yozmaydi, oson yo'li tuirganda murakkab, qo'shimcha kutubxona yoki paketlarni talab qiladigan yo'ldan yurmaydi.

Qisqa kod xato kod degani emas. Aksincha, bu borada ham ponytail yozgan kod 96-98% to'g'ri bo'lgan. Solishtirish uchun Opus-4.8 88-90% natija ko'rsatgan 😳.

Kod qisqaligi hisobiga, ponytail javob qaytarish (kod yozish) tezligi 2-3 barobar tez, narhi esa 2-3 barobar arzon.

Ya'ni hamma tomondan o'ylangan, ajoyib plagin. Yagona kamchiligi, nima xohlashingizni aniq yozishingiz kerak. Bu vayb koderlar uchun biroz murakkablik tug'dirishi mumkin, sababi claude code odatda sodda promptni ham yetmagan qismlarini o'zi "oy'lab" natijani chiroyli qilib qaytarishga harakat qiladi.

Mening sinovimda ham claudeda taymer yasab berishni so'raganimda claude men so'ramasam ham taymerga animatsiya, stillar, start/pause/reset tugmalarini qo'shib 210 qatorlik chiroyli dastur yasab berdi.

Ponytail esa soddagina 19 qatorlik ortiqcha funksiyalarsiz dastur yasab berdi.

Demak, agar siz nima xohlashingizni aniq bilsangiz. Kod yozishga o'tirishdan oldin SI bilan batafsil reja tuzib, PRD (product requirements document) tayyorlab olgan bo'lsangiz - ponytail to'g'ri tanlov.

Agar siz bitta prompt bilan ish boshlab, mahsulotni jarayonda sayqallab ketishni afzal ko'rsangiz unda ponytail siz uchun emas.

To'liq hisobotni html ko'rinishida izohda qoldiraman.

Sinab ko'rib, o'z fikringizni bildiring.

@sariqdev #ertagakech
  • 👍 50
  • 🔥 27
  • ❤ 18
  • 👏 4
  • 🤩 1
More from @sariqdev
  1. Sep 22, 2026Tezlik bilan toʻgʻrilashibdi 👍👍👍
  2. Sep 22, 2026Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan DMED tizimidagi zaiflik. SI'ni toʻg…
  3. Sep 21, 2026Jev juda shov-shuv boʻlgani uchun video yozgandim. Keyin video koʻrishni eringanlar uchun…
  4. Sep 21, 2026⚡️ 200x tez ishlayotgan Jev Oʻtgan hafta sunʼiy intellekt urush boshlab yuborishiga sal qo…
  5. Sep 19, 2026Сунъий интеллект одамларни ишсиз қолдирадими? Хавотирлар ва имкониятлар ҳақида суҳбат Сунъ…
  6. Sep 14, 2026Deepseek topda, Anthropic SIdan gʻarazli yoʻlda foydalanish usullarini chop qildi. Batafsi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →