TGViewer
Sariq Dev Sariq Dev @sariqdev · 15K subscribers
Post #2450 24.6K
Kechagi post izohlarida tokenlarni tejash bo'yicha ajoyib takliflar bo'ldi. Ular bo'yicha alohida post qilaman. Hozir esa o'zimning yechimimni aytaman. Bu agentlar.

Yechimga kelishdan avval men Claude codedan mening foydalanish uslubimni to'liq tahlil qilib chiqishni so'radim. Sababi, dasturlash faqat kod yozishdan iborat emas, rejalash, maslahatlashish, dokumentasiya va hokazo mingta mayda ishlar ham bor. Men esa (ko'pchilik kabi) hammasi uchun standart opusdan foydalanar edim. Tahlil esa faqatgina 1% vazifalar opusga qolgan 99% ni esa bemalol arzonroq sonnet va suv-tekin haiku modellariga topshirish mumkinligini ko'rsatdi (1-rasm).

Masalan, haiku opusga nisbatan 15 barobar kamroq token yeyishini men shu tahlildan keyin bildim (Claude o'zi aytdi 😅). Va umuman olganda agar boshidan har bir turdagi vazifalar uchun alohida agent ishlatganimda qancha token tejashim mumkinligini ham solishtirib berdi - 85% (2-rasm).

Keyin esa claude'ning o'zidan mening loyihalarim va foydalanish uslubimdan kelib chiqqan holda agentlar yozib berishni so'radim va u menga 3-rasmda ko'rsatilgan agentlarni tavsiya qildi.

Va bularni yaratish uchun ham tayyor prompt yozib berdi. Endi har gal kod yozganimda asosiy agent unga qoy'ilgan vazifadan kelib chiqqan holda boshqa agentlarni ishga tushiradi va ular o'zi biriktirlgan model asosida ishlaydi. Bunda asosiy hal qilvuchi agent sonnet asosida ishlaydi.

Xullas agar sizga ham multi-agent claude code muhiti qiziq bo'lsa sizning ish uslubingizni tahlil qilib, sizga mos agentlar yaratib beradigan promptni 1-izohda qoldiraman. 👇

P.s. Natijalar bilan izohda boʻlishamiz, siz qanday foydalanar ekansiz va sizga qanday agentlar tavsiya qilindi.
  • ❤ 58
  • 🔥 46
  • 👍 15
  • 👏 4
  • 😁 1
More from @sariqdev
  1. Sep 22, 2026Tezlik bilan toʻgʻrilashibdi 👍👍👍
  2. Sep 22, 2026Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan DMED tizimidagi zaiflik. SI'ni toʻg…
  3. Sep 21, 2026Jev juda shov-shuv boʻlgani uchun video yozgandim. Keyin video koʻrishni eringanlar uchun…
  4. Sep 21, 2026⚡️ 200x tez ishlayotgan Jev Oʻtgan hafta sunʼiy intellekt urush boshlab yuborishiga sal qo…
  5. Sep 19, 2026Сунъий интеллект одамларни ишсиз қолдирадими? Хавотирлар ва имкониятлар ҳақида суҳбат Сунъ…
  6. Sep 14, 2026Deepseek topda, Anthropic SIdan gʻarazli yoʻlda foydalanish usullarini chop qildi. Batafsi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →