“Sun’iy intellekt dasturchilarni ishsiz qoldiradimi?” eng ko’p so’raladigan savollardan biri.
Yaqinda Professor Andrew Ng shu haqida yaxshi maqola yozgan ekan. Qisqacha mazmuni quyidagicha:
Agar biz har qanday kasb egasining vazifalarini aniq yozib, ulardan qay birini SI yordamida avtomatlash mumkin ekanini yozib chiqsak, savolga javob olamiz.
Masalan, O*NET OnLine portaliga ko’ra dasturchi 17 ta vazifani bajarar ekan. Bular orasida:
- Kod yozish
- Xatolarni to’g’rilash
- Mijozlar, menejerlar, texnik jamoa va boshqalar bilan muloqot qilish, ularning fikrini olish
- Dokumentasiya yozish
- Vazifalarni taqsimlash
- Qo’l ostidagilarni (shogirdlarni) o’qitish
va hokazolar bor.
Hozircha SI bulardan faqatgina sanoqlisini bajara oladi xolos, demak, dasturchining o’rnini ham egallay olmaydi. Aksincha, SI dan to’g’ri foydalangan dasturchi o’z vazifalarining bir qismini avtomatlashtirib, vaqtdan yutishi, kamroq xato qilishi, samaradorligini oshirishi mumkin bo’ladi.
Boshqa sohalarga ham shunday qarash kerak: vazifalarning qancha ko’p qismi avtomatlashsa, demak shu soha vakillariga kelajakda ish yo’q, va aksincha.
@sariqdev
Post #1872
13.4K

- 👍 159
- 🔥 25
- 🤔 11
- ❤ 6
- 👎 5