TGViewer
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами @sanitationuz · 1.72K subscribers
Post #5286 333
#HududlardanXabarlar #Namangan

🌱 Kompostlash: organik chiqindilar endi tabiiy o‘g‘itga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Chust tumani markaziy chiqindi poligoni hududida organik chiqindilarni kompostlash maydonini tashkil etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.


🔴O‘rganish davomida kompostlash maydoni uchun yer ajratish, organik chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlash, shuningdek, kompostlash orqali olinadigan tabiiy organik o‘g‘it hamda mulcha*dan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🔴Shuningdek, kompostlash jarayonida foydalaniladigan xandaqlarning belgilangan o‘lchamlari — uzunligi 12 metr, eni 4 metr va chuqurligi kamida 1 metr bo‘lishi, kompost namligini har 15 kunda nazorat qilish hamda uning namlik darajasini taxminan 70 foizda saqlash talablari ham o‘rganildi.

*tuproq yuzasini qoplash uchun organik material

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 2
More from @sanitationuz
  1. Oct 16, 2026#TozalikOyligi #HududlardanXabarlar #Fargona ⚡️ Farg‘onadagi chiqindi poligonlarida obodon…
  2. Oct 16, 2026🔴 Yoshlar uchun yana bir qulay sport maskani yaratildi Chiqindilarni boshqarish va sirkul…
  3. Oct 15, 2026#TozalikOyligi #HududlardanXabarlar #Qoraqalpogiston 💠 “Tozalik va ozodalik” oyligi davom…
  4. Oct 15, 2026🇺🇿O‘zbekiston COP31 doirasida iqlim sohasiga moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha bes…
  5. Oct 14, 2026⚡️Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan Tasavvur qiling, sizni chiqindini ko‘ch…
  6. Oct 14, 2026#DavlatTili ✅Davlat tiliga e’tibor: Agentlikda ommaviy diktant tashkil etildi Bugun Chiqin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →