#testtahlili
Ushbu testni yechish uchun quyidagilarni bilish kerak:
1) so'zlarni asos va qo'shimchalarga ajratish;
2) murakkab qo'shimchalar;
3) so'z yasovchi qo'shimchalar;
4) lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar;
5) sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarning 2 xil turini farqlash: ismlarning munosabat shakllari (kelishik, egalik, bog'lama) va fe'llarning munosabat shakllari (zamon, shaxs-son, mayl).
Boshladik.
Odam yomon narsa/ lar/ ni o'qi/ t/ uvchi/ siz ham o'rgan/ a/ ver/ a/ di, ammo yaxshi narsa/ lar/ ni o'rgan/ ish uchun hamma vaqt ustoz kerak.
E'tibortalab o'rinlar:
1) o'qi/ t/ uvchi/ siz
Garchi tilimizda "o'qituv" degan so'z shakli bo'lsa ham, biroq -(u)vchi murakkab qo'shimcha sanaladi va ikkiga bo'linmaydi: o'qu/vchi, kemir/uvchi, so'zlo/vchi...
2) o'rgan/ a/ ver/ a/ di
Bu so'z aslida "o'rgana beradi" shaklida bo'lishiga, undagi "ver" qismi qo'shimcha emas, balki "ber" asosi ekaniga diqqat qaratish lozim.
Endi qo'shimchalarni vazifa turlariga ajratib chiqamiz: SY, LY, SIN (ism), SIN (fe'l).
1) narsa/ lar/ ni
-lar (ko'plik) — LY
-ni (kelishik) — SIN (ism)
2) o'qi/ t/ uvchi/ siz
- t (nisbat) — LY
-uvchi (ot yasovchi) — SY
-siz (sifat yasovchi*) — SY
3) o'rgan/ a/ ver/ a/ di
-a (ravishdosh) — LY
-a (zamon) — SIN (fe'l)
-di (shaxs-son) — SIN (fe'l)
4) narsa/ lar/ ni
-lar (ko'plik) — LY
-ni (kelishik) — SIN (ism)
5) o'rgan/ ish
-ish (harakat nomi) — LY
Hisoblab chiqamiz:
1. So'z yasovchilar: 2 ta (-uvchi, -siz).
2. Lug'aviy shakl yasovchilar: 5 ta (-lar, -t, -a, -lar, -ish).
3. Ismlarning aloqa-munosabat shakllari: 2 ta (-ni, -ni).
4. Fe'llarning aloqa-munosabat shakllari: 2 ta (-a, -di).
Berilgan testda to'g'ri mulohazani topish so'ralgan. U yerda lug'aviy shakl yasovchilar soni 4 ta deb xato ko'rsatilgan, qolganlari bizning hisob-kitob bilan bir xil.
Demak, to'g'ri javob: B) 1, 3, 4.
*Bu o'rindagi -siz fe'l bilan bog'lanuvchi so'zlarni hosil qiladi va -li bilan (aks ma'noda) almashmaydi: mensiz ketavering, sizsiz yasholmayman, o'qituvchisiz o'rganaveradi. Sifat yasovchi -siz esa odatda -li bilan almashadi: farzandsiz kishi — farzandli kishi. Garchi berilgan gapda -siz ravish yasayotgan bo'lsa-da, darsliklarimiz va urfga zid bo'lmasin deb biz tahlilda uni sifat yasovchi deb bera qoldik.
#morfemika
@sandiqchamiz
Post #52
6K

- 👏 23
- ❤ 17
- 👍 6