I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi ishtirokchilari Samarqandda
29 sentyabr kuni Toshkentda boshlangan xalqaro anjuman ishtirokchilari bugun Samarqandga keldi.
Dastlab "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Eder hamda Markaziy Osiyo va milliy universitet sporti federatsiyalari rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng tadbir ishtirokchilari "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida talaba va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, mehmonlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarda bo‘ldi.
#samarqandmtrk
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Post #190594
331






