Samarqand shahar kuni munosabati bilan qator tadbirlar, galakonsert va mushakbozlik tashkil etiladi
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida 18-oktabr – "Samarqand shahar kuni" munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bayram doirasida 17-oktabr kuni shahar aholisi va mehmonlari uchun qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘ngilochar dasturlar hamda konsertlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovat qidinib, Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘ladi.
Shu bilan birga, vatanparvarlik ruhidagi tantanali avtokarvon namoyishi, ilmiy-amaliy seminarlar, yoshlar uchrashuvlari, sport musobaqalari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkaziladi.
Shu kunning o‘zida, Qorasuv maskanidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida soat 17:30 da katta GALAKONSERT bo‘lib o‘tadi. Unda poytaxtimizdan kelgan taniqli san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadilar.
Konsert dasturidan so‘ng bayram shukuhini yanada oshirish maqsadida MUSHAKBOZLIK tashkil etiladi.
Barcha samarqandliklar va shahrimiz mehmonlarini bayram tadbirlariga taklif etamiz!
BAYRAM TADBIRLARIDA ISHTIROK ETISH BEPUL!
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Post #47103
4.42K

- ❤ 4
- 🥰 1
- 👏 1
- 🙏 1