🏢 Joriy yilda 93 ta ko‘p qavatli turarjoy majmuasida jami 7 670 ta xonadon topshiriladi
Samarqand shahrida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, yangi turarjoy majmualarini barpo etish borasida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilda shahardagi 93 ta ko‘p qavatli turarjoy majmuasida jami 7 670 ta xonadonni mulkdorlarga topshirish rejalashtirilgan.
Yil boshidan buyon 11 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilib, 862 ta xonadon o‘z egalariga berildi. Yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 5 000 taga yaqin xonadonni foydalanishga topshirish belgilangan.
Shuningdek, Temiryo‘lorti hududida ham yangi turarjoylar qurilishi jadal davom etmoqda. Xususan, birinchi bosqich doirasidagi 16 ta lotda jami 9 780 ta xonadonni o‘z ichiga olgan 73 ta ko‘p qavatli uyning qurilish ishlari olib borilyapti.
Ushbu loyihalar aholini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy turarjoylar sonini ko‘paytirish bilan bir qatorda hududlarning me’moriy qiyofasini yanada yaxshilaydi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati
🌍 Web-sayt| 📱 Telegram| 📱 YouTube
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
Post #47081
1.52K
