TGViewer
SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI @samshahar · 13.4K subscribers
Post #47074 776
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Samarqand shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish hamda elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash doirasida joriy yilda 8 ta mahallada yangi transformatorlar o‘rnatildi, 290 ta transformator punktida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, 238,3 kilometr elektr tarmoqlari yangilandi.

Shu bilan birga, elektr energiyasidan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yil boshida 38,3 million kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilish maqsad qilingan bo‘lsa, 9 oylik yakunlariga ko‘ra, amalda 47 million kVt·soat elektr energiyasi tejaldi. Natijada belgilangan reja 109 foizga bajarildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati

🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube  
📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook
  • 👍 1
  • 🥰 1
  • 👏 1
More from @samshahar
  1. Oct 14, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti…
  2. Oct 14, 2026KUN XABARLARI | UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA INKLYUZIV TA'LIM SHAROITLARI YAXSHILANMOQDA 14.10.…
  3. Oct 14, 2026🎞 Muslihiddin Muhiddinov, Samarqand davlat universitetida filologiya fanlari doktori, pro…
  4. Oct 14, 2026Obuna – 2027 “SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING! Qadrli hamshaharlar! Samarqand va samar…
  5. Oct 14, 2026E’LON! Shu yilning 15-oktabr kuni soat 08:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Preziden…
  6. Oct 14, 2026Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Yunus Bobonazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi P…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →