Hurmatli bojxona ombori vakillari
“Yuk operatsiyalari” axborot tizimida videokuzatuv kameralarining holatini onlayn tekshirib boruvchi yangi modul ishga tushirildi.
⚠️ Ogohlantirish: Endilikda videokuzatuv qurilmalari ishlamasa yoki tasvir bojxona organlariga uzatilmasa, axborot tizimida yuk operatsiyalari avtomatik tarzda cheklanadi!
📌 Shu sababli, tasarrufingizdagi barcha videokuzatuv qurilmalarini toʻliq soz holatga keltirishingiz va tasvirlar uzluksiz uzatilayotganini taʼminlashingiz soʻraladi!
🗓 Muddat: 2026-yil 17-oktabr.
📞 Maʼlumot va texnik yordam uchun:
Yagona Call-markaz: 1108
Texnik qoʻllab-quvvatlash: 7777, 7409
