TGViewer
Ruuzenn Ruuzenn @ruuzenn1 · 1.32K subscribers
Post #372 1.13K

Forwarded from TEAM OLD NOT

💀💀

Ramzes bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan OLD NOT jamoasining murojaati


OLD NOT jamoasi PMGO EECA va Osiyo o‘yinlari sanalarining bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi bilan bog‘liq, bevosita o‘yinchimiz Ramzesga taalluqli bo‘lgan vaziyatga e’tibor qaratmoqchi.

2026-yil boshida Ramzes ARCRED tarkibida Osiyo o‘yinlariga milliy saralash bosqichida g‘olib chiqdi va O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Vetnamda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichdan o‘tib, Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan musobaqaning asosiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mintaqaviy bosqich yakunlanganidan so‘ng Ramzes OLD NOT jamoasiga o‘tdi va bundan buyon jamoamiz safida ishtirok etishni davom ettirdi. OLD NOT tarkibida u PMGO EECA saralash bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shu bugungi kunda Ramzes bir vaqtning o‘zida ikkita muhim xalqaro musobaqada ishtirok etishi zarur bo‘lgan vaziyatga tushib qoldi. OLD NOT uchun esa u tarkibning asosiy va muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lib, uning yo‘qligi jamoaning tayyorgarligi va raqobatbardoshligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi

Biz reglament va tashkilotchilar talablariga rioya qilish zarurligini to‘liq tushunamiz. Shu bilan birga, yuzaga kelgan vaziyat turli vaqtlarda qo‘lga kiritilgan ikkita turnir yo‘llanmasining musobaqa taqvimi bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishi sababli yuzaga kelgan deb hisoblaymiz

Shu munosabat bilan PMGO EECA tashkilotchilari va PUBG MOBILE’dan Ramzesga O‘zbekiston terma jamoasi bilan Yaponiyaga jo‘nab ketishidan oldin OLD NOT tarkibida PMGO EECA’da ishtirok etish imkonini beradigan yechimni ko‘rib chiqishni so‘raymiz

O‘z navbatida, biz mumkin bo‘lgan yechimga moslashish uchun jamoaning logistikasini va jadvalini imkon qadar tezkor ravishda o‘zgartirishga tayyormiz

Biz alohida sport shart-sharoitlarini so‘ramayapmiz balki biz shunchaki o‘yinchiga ikkala sport majburiyatini ham bajarish imkoniyati berilishini istaymiz — Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilish va PMGO EECA’da OLD NOT jamoasi safida ishtirok etish!
  • ❤ 19
  • 🔥 10
  • 👎 3
  • 🗿 1
More from @ruuzenn1
  1. Sep 27, 2026ALHAMDULILLAH! PODERJKA UCHUN ALOXIDA RAHMAT
  2. Sep 27, 2026.
  3. Sep 26, 2026Ikkinchi kun yakunlariga ko‘ra, 3-o‘rinda turibmiz! Ertaga kurashni davom ettiramiz! Ertag…
  4. Sep 26, 2026BOSS MODE: ON ✅ 😎Instagram
  5. Sep 23, 2026Post #375
  6. Sep 11, 2026keinro HL chiqazaman
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →