Kanalga ko'p yangi odamlar qo'shildi, qisqacha o'zim haqimda yozaman
Ismim Rustam. Samarqandda tug'ilganman, hozir Myunxenda 🇩🇪 Google'da Software Engineer bo'lib ishlayman.
• 2019 — Toshkentdagi Inha universitetiga kirdim. IT'dan hech qanday bilimim yo'q edi
• 2021 — Uchinchi kursda EPAM'da Junior Software Engineer bo'lib ish boshladim
• 2021 oxiri — Facebook intervyusidan o'tolmadim. Shundan keyin LeetCode'ni jiddiy yechishni boshladim
• 2022 oxiri — Bloomberg intervyularidan o'tdim, lekin offer berishmadi (kech topshirgandim internship'ga)
• 2023 mart — Exadel'da Senior Software Engineer (SDET) bo'lib ishga kirdim
• 2023 iyul — Google'ga ariza berdim. Sentabrgacha hamma intervyulardan o'tdim. Offer esa 2024-yil aprelda keldi
• 2024 august — Myunxenda ish boshladim
Google'ga tayyorgarlik 2 yil oldi. Shu vaqt ichida universitetda o'qidim va bir vaqtning o'zida ishladim.
Bu kanalda karyera, big tech, intervyuga tayyorgarlik haqida yozaman.
🔗 rustamz.com
🔗 youtube.com/@rustam-z
@rustamzokirov
Post #1120
3.11K

- 🔥 47
- 👍 10
- ❤ 7