TGViewer
Channel Public Channel
Robbit akademiyasi

Robbit akademiyasi

@robbituz

Robbit | bolalar uchun robototexnika va AyTi markazi

🔥 «Najot Ta'lim» loyihasi
🚀 Farzandingiz qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltiramiz
📞 78-777-3-777
👨‍💻 @robbit_admin
Subscribers
7.02K
Photos
490
Videos
362
Links
490

Showing posts older than #1941 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #1935 1.3K
🦾 Ringda faqat bittasi qoladi

🤼‍♂️ Sumo - bu ikki xil turdagi robotlarning yapon milliy kurashi sumo qoidalariga o'xshash bellashish musobaqasi , unda robotlarning vazifasi raqib robotini maxsus doira (ring) tashqarisiga chiqarib yuborishdan iborat.

Lego Sumo — boshlang'ich darajadagi bolalar uchun mashhur Lego Mindstorms (EV3, SPIKE Prime) konstruktorlari yordamida yig'iladigan robotlar.

Arduino Sumo — bu Arduino mikrokontrolleridan iborat robot turi. Kattaroq yoshdagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, chuqurroq elektronika va sxemalar bilan ishlashni talab qiladi

ARDUINO ROBOSUMO yo'nalishi g'oliblari:
🥇 Azizbek Hamidov
🥈 Amatchanov Hayrullo (Urganch)
🥉 Abduxoliq Voseyev

LEGO ROBOSUMO
🥇 To'rayev Rasulbek (Samarqand)
🥈 Qadambayev Shoxjahon (Urganch)
🥉 Paraxatov Batir (Nukus)


G'oliblarimizni qo'llab quvvatlaymiz:
👏🏼 — Barakalla ✊🏼 — Faqar olg'a

Instagram | YouTube | Robbit.uz
  • 🔥 7
  • ❤ 2
Post #1934 1.57K
😲 Respublika bosqichi kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi.

Robototexnika — bu faqat aniq kod va mexanizmlar emas, balki kutilmagan vaziyatlarga tayyor bo'lish demakdir.

Kimdir oylab tayyorlangan roboti maydonda g'olib bo'lganidan quvongan bo‘lsa, kimdir so‘nggi sekundlardagi kichik texnik xato sabab kutilgan natijani ololmadi.

🔥 Robbit maydoniga tushgan, roboti yurgan yoki yurmaganidan qat'iy nazar, o‘zidagi qo‘rquvni yengib kelgan har bir qatnashchi biz uchun allaqachon g‘olib!

Musobaqada qanday yo'nalishlar bo'yicha bellashishdi?

Instagram | YouTube | Robbit.uz
  • 🔥 11
  • 👏 2
  • 🎉 2
  • ❤ 1
Post #1933 1.45K
Biz buni uddaladik :)

😇 Robbit ochilgan ilk kunlardanoq oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik — ko‘plab bolalarni bir joyga jamlab, ular uchun haqiqiy musobaqa muhitini yaratish.

Bugun esa bu shunchaki maqsad emas. Bu — amalga oshgan natija bo’ldi.

⚡️ Yuzlab bolalar bir maydonda, bir maqsad yo‘lida bellashib, o‘z bilimini, mahoratini va jamoada
ishlash qobiliyatini sinab ko‘rishdi.


Bu hali boshlanishi. Oldinda bundan ham katta musobaqalar, bundan ham katta maqsadlar turibdi :)

78-777-3-777 | robbit
  • ❤‍🔥 9
  • ❤ 6
  • 🔥 4
  • 👍 3
Post #1932 1.34K
🚀 Robbit jamoasiga qo‘shiling!

Robbit akademiyasi uchun Onboarding yo‘nalishida (HR) tajribaga ega yangi jamoa a’zosini izlayapmiz.

📌 Sizdan kutiladi:
— Mas’uliyatlilik va tartiblilik
— Odamlar bilan yaxshi muloqot qila olish
— Tez o‘rganish va yangi bilimlarga ochiqlik
— Jamoada ishlay olish
— Vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish

💡 Bizda sizni:
— Rivojlanish imkoniyati
— Kuchli va yosh jamoa
— Zamonaviy ta’lim muhiti
— Tajriba va yangi ko‘nikmalar kutmoqda.

Agar o‘zingizni shu pozitsiyada ko‘rsangiz, rezyumengizni yuboring!

📩 Murojaat uchun: havola
  • 🤩 2
  • ⚡ 1
Post #1931 1.53K
Post #1928 1.5K
⚽️ Haqiqiy chigalyozdi

15-avgust kuni Novator International Schoolning ochilish marosimi munosabati bilan katta Robo Futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🥉 Namanganlik o‘quvchilarimiz Xurshidbek va Xasanboy birgalikda Robbit sharafini munosib himoya qilib, faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

🚀 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi musobaqada ham ular o‘z mahoratlarini namoyish etishdi

Bu hali boshlanishi
Oldinda yanada katta g‘alabalar bor 🏆

🤖 Robbit — bilim, texnologiya va g‘alaba sari!

Instagram | YouTube | Robbit.uz
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 🎉 1
Post #1924 1.53K
🎓 Tadbir tadbirga ulanmoqda!

Robbit Akademiyasida bayramona kunlar davom etmoqda...

❤️ Bugun Farg‘ona viloyatidagi 20 ga yaqin o‘quvchimiz 2 yillik ta’lim yo‘lini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.

2 yil davomida ular nafaqat bilim, balki yangi ko‘nikmalar, tajriba va katta maqsadlar sari qadam tashlashdi. Bugun esa — shu yo‘lning unutilmas lahzalarini nishonlaydigan kun!

📸 Farg‘onadagi bitiruv marosimidan eng yorqin lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz: havola

🔥 Fidoyi ustozlarimiz va barcha bitiruvchilarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Kelajakdagi loyihalarda omad yor bo‘lsin!

Instagram | YouTube | Robbit.uz
  • ❤ 11
  • 👏 7
  • 🔥 4
  • 👍 1
Post #1918 1.64K
Robbitda robototexnika musobaqasining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi!

🔈 Ushbu musobaqada barcha 12 ta filialimizda ta’lim olayotgan, saralash musobaqalarida g’olib bo’lgan 250 nafarga yaqin o’quvchilarimiz ishtirok etishdi. Musobaqa:

— Lego Sumo & Arduino Sumo

— RoboFutbol & RoboRace

— RoboMission & Line Follower

— Innovatsion loyihalar taqdimoti bo’yicha bo’lib o’tdi.


🔥 Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha 21 nafar o’quvchilar taqdirlanishdi va umumiy hisobda 65.000.000 so’m pul mukofotlarini qo’lga kiritishdi.

🙂 G’olib bo’lgan, faol ishtirok etgan barcha o’quvchilarimiz, ularning ota-onalari hamda ustozlarini ushbu ga’alaba va ishtirok bilan tabriklaymiz.


❗️ Eslatib o’tamiz, Robbitning butun O’zbekiston bo’ylab 12 ta filiali mavjud va barcha filiallarimizda shu kabi musobaqalar doimiy tashkillashtiriladi. Biz esa 9-15 yosh oralig’idagi o’quvchilarga dasturlash va robototexnikani o’rgatish orqali kelajak bunyodkorlarini tarbiyalashda davom etamiz!

📞 78-777-3-777 | Batafsil
  • ❤ 11
  • 🎉 2
  • 👍 1
  • 🤩 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →