⚡ Sentyabrning dastlabki ikki haftasi Robbitda odatdagidan biroz boshqacha bo’ldi.
🏆 Avval 7 ta, keyin yana 5 ta filialimizda Football Day bo‘lib o‘tdi. Jami 12 ta filialimizdan 800 ga yaqin o‘quvchi yashil maydonda o‘z jamoasi bilan birga to‘p surdi. Har bir filialda g‘olib chiqqan jamoalarga maxsus kubokla tantanali ravishda topshirildi.
🤩 Maqsadimiz bolalarga jamoa bilan harakat qilishni, bir-birini qo‘llashni, yutqazganda taslim bo‘lmaslikni va g‘alabani birga nishonlashni o'rgatish edi. Maydonda to‘p surgan har bir o‘quvchining yuzidagi quvonch va ota-onalarning olqishlari biz bu maqsadga erishganimizni ko'rsatdi.
⚽️ Futbol turnirida ishtirok etgan o'quvchilar, shu yerdamisiz? Taassurotlaringizni izohda yozib qoldiring :)
78-777-3-777 | robbitedu.uz







