TGViewer
RTV | Rasmiy RTV | Rasmiy @renessanstv · 10.3K subscribers
Post #13455 545

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Bugungi kunda dunyo chuqur geosiyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda. Bu vaziyat yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilishni talab etadi;

📌Har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilishi zarur;

📌“Biz Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilik va G‘azodagi gumanitar vaziyatni katta tashvish bilan kuzatib boryapmiz. Ushbu mintaqada tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdorimiz”;

📌OHIChKning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish, o‘zaro uyg‘un va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan harakatlar, majburiyatlarni bajarish asosidagi munosabatlarning barqaror tizimini yaratish bo‘lishi kerak;

📌Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash taklif etildi;

📌Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi;

📌Iqlim barqarorligi sohasida sheriklik qilish bo‘yicha tashabbus taklif qilindi. Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, “yashil” energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi;

📌O‘zbekiston Kengashning Inson mezoni bo‘yicha koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda va kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyor;

📌O‘zbekiston OHIChKning tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash va uning nizomini takomillashtirish borasidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ilgari surilayotgan tashabbuslar o‘zining amaliy ijrosini topishi muhim.

Facebook|Instagram|X
More from @renessanstv
  1. Oct 17, 2026Eng kulgili ovoz nimani ovozi? "MITTILAR" ko'rsatuvi 📆Dushanbadan - Jumagacha ⏰ 16:40 da…
  2. Oct 17, 2026🌤️ Assalomu alaykum hurmatli RTV telekanalining tomoshabinlari! 📆 17-Oktabr Shanba kuni…
  3. Oct 16, 2026#Premyera 🎬 “SOʻZLAR” b/f 📆 Bugun ⏰ Soat: 22:00 da RTV da tomosha qiling 📺⚡️ 📲Bizni ij…
  4. Oct 16, 2026Ba’zi bir erkaklar bor, chiqib olib: “Hisobni kim to‘lashi kerak?”— deydi… 📺 “RTV”da “Bor…
  5. Oct 16, 2026❗️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qilad…
  6. Oct 16, 2026Mamlakatimizda 3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ilgari davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →