TGViewer
RTV | Rasmiy RTV | Rasmiy @renessanstv · 10.4K subscribers
Post #13434 446

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi oyda ular bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar, yer ajratish, ruxsat olish va to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilganini ta’kidladi.

Uch yil avval boshlangan ushbu loyiha doirasida davlat infratuzilma, stadion, universitet va kutubxona kabi muhim obyektlarga yirik mablag‘ yo‘naltirmoqda. Hozirga qadar Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Shu bilan birga, qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur’atlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.

Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.

Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.

Facebook|Instagram|X
More from @renessanstv
  1. Oct 12, 2026Spirtli ichimlik ta’sirida boshlangan mojaro qotillik bilan yakunlandi Efir: 12.10.2026 |…
  2. Oct 12, 2026Eng kulgili ovoz nimani ovozi? "MITTILAR" ko'rsatuvi 📆Dushanbadan - Jumagacha ⏰ 16:40 da…
  3. Oct 12, 2026“Har bir elchi bir oyda bitta investor olib kelmaguncha kabinetda o‘tirmaydi” — Prezident…
  4. Oct 12, 2026“Toshkent turizm maskani bo‘ladi” — Prezident O‘zbekiston 20 mln turist jalb qilishni maqs…
  5. Oct 12, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 12 ta tumanga Yangi Toshkentdan 100 gekta…
  6. Oct 12, 2026Yangi Toshkentda 2 ming gektar yashil maydon va 500 gektar istirohat bog‘lari barpo etilad…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →