TGViewer
Registan IT School | Dasturlash maktabi Registan IT School | Dasturlash maktabi @registan_it · 408 subscribers
Post #788 1.49K

Forwarded from Registan IT School | Dasturlash maktabi

​​SSD yoki HDD? Qaysi biri yaxshi?

✅ Mana bu hazildan (t.me/registan_it/367) keyin ko'pchilik bu disklarning farqi nimada degan savol bilan murojaat qilishmoqda. Sir emas, HDD disklar o‘rnini SSD diskli kompyuterlar egallab bormoqda. Xo‘sh SSD yoki HDD disklar o‘zi nima? Nega siz HDD diskga ega kompyuterlarni emas aynan SSD diskga ega kompyuterlarni tanlashingiz kerak?

💽 HDD (hard disk drive, HDD, HMDD) – qattiq disk yoki magnitli qattiq disk bo‘lib, ma’lumotlarni saqlovchi kompyuterning asosiy qismi hisoblanib, ishlash prinsipi esa magnitli yozish hisoblanadi. Kompyuteringizdagi video, rasm, musiqa va boshqa fayllaringiz aynan shu qismda saqlanadi.

💾 SSD (solid-state drive, SSD) —  bu ham qattiq disk hisoblanib buni HDD diskdan farqli jihati SSD mikrosxemali xotiraga ma’lumotlarni qayd etishi natijasida kompyuterdan energiya talab qilmaydi. SSD da mikrosxemali  xotiradan tashqari boshqaruvchi kontrollerlar ham mavjud.

👉 Ishlash tezligi
SSD 35–100 mikrosekund ish tezligiga ega, bu esa HDD dan deyarli 100 marta tez degani. Bunday yuqori tezlik dasturlarni nisbatan tezroq ishlashiga sabab bo'ladi. Bu esa katta xotira talab qiladigan dasturlar ishlatish paytingizda ayniqsa seziladi.

👉 Narx
SSD disklar HDD disklarga qaraganda bir muncha qimmat hisoblanadi va shu sababli SSD diskli kompyuterlar xotirasi kam bo‘ladi.

👉 Ishonchlilik
SSD diskda harakatlanuvchi qism bo‘lmaganligi va saqlash uchun flesh-xotira qo‘llashi sababli u nisbatan ishonchli hamda yuqori samaradorlikga ega hisoblanadi. HDD disklarda harakatlanuvchi magnit disklar mavjudligi sababli, ko‘p ishlatilishi natijasida vaqt o‘tishi bilan ishdan chiqishi mumkin.

👉 Hajm
512 Gb dan katta bo‘lgan SSD disklar boshqa SSD disklarga nisbatan arzonroqdir.

👉 Quvvat
SSD kam energiya talab qilishi tufayli bunday disklardan foydalanishingiz sababli noutbukingiz ko‘proq vaqt avtonom rejimida xizmat qila oladi.
Barcha detallari va harakatlanuvchi qismi tufayli ko‘p energiya talab qiladi.

👉 Shovqin
Harakatlanuvchi qism yo‘qligi tufayli SSD disk shovqin chiqarmaydi.
Magnitli disk tinmay aylanishi tufayli HDD ba’zan kompyuteringizni eng shovqinli qismiga aylanishi mumkin.

👉 Qizish
Flesh-xotira xarakterida ishlashi tufayli SSD disk kam qiziydi bu esa uning ishlash muddatini anchagina oshiradi.
Harakatlanuvchi qismi qo‘shimcha issiqlik ajratadi. Issiqlik vaqt o‘tishi bilan qattiq diskni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin.

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
  • 🔥 5
More from @registan_it
  1. Sep 20, 2023❓ Farzandingiz telefon oʻyinlariga qiziqib ketyaptimi? Unday boʻlsa, uning qiziqishini IT…
  2. Aug 24, 2023Biz o’zimizga maktab tanladik! Sizchi? Nega aynan Registon maktabi? 🗺 Shahar markazidagi…
  3. Aug 17, 2023🧠 Bolangizni fikrlash doirasini yetuk qilib tarbiyalamoqchimisiz? 🧑‍💻 Sizga Front-end I…
  4. Aug 17, 2023🍏 Apple mahsulotlariga qiziquvchi yoshlar uchun iOS kursiga start berdik. 📱 Endi siz o'z…
  5. Aug 17, 2023IT sohasida qaysi yo’nalishni tanlashga qiynalyapsizmi? Biz bu muommo eng UNIVERSAL javobn…
  6. Aug 17, 2023🧑‍💻 6 oy ichida dasturchi bo’lmoqchimisiz? 🖥️ Unday bo’lsa Front-end bo’yicha kuzgi qab…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →