🕌 NAMANGAN VILOYATIDAGI MASJIDLARDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
⚪️Namangan viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov tomonidan Namangan shahridagi «Umarul Foruq» hamda «Usta Ismatulloh» jome masjidlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida masjidlarning isitish tizimlari, elektr jihozlari, mo‘rilar, qozonxonalar, tahoratxonalar hamda boshqa yordamchi inshootlarning holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimlarining sozligi hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari ko‘zdan kechirildi.
✅ Mas’ullarga kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, isitish tizimlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⏺Asosiy maqsad — mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda emin-erkin ibodat qilishlari uchun zarur imkoniyatlarni ta’minlashdir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring:👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube





