Pop tumanida yangi xonaqoh foydalanishga topshirildi
Pop tumanidagi “Imom Zaynobiddin” jome masjidi yangi xonaqohning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Xotamov Jamshed Muxtarovich hamda Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar Kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov ishtirok etdilar.
Yangi qurib bitkazilgan xonaqoh zamonaviy, shinam va barcha qulayliklarga ega bo‘lib, namozxonlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Mazkur xonaqohning foydalanishga topshirilishi masjid jamoati va mahalla ahli uchun quvonchli voqea bo‘ldi.
Alloh taolo ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizdan rozi bo‘lsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring:👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube









