TGViewer
Ravza.uz | Rasmiy kanal Ravza.uz | Rasmiy kanal @ravza_uz · 17.3K subscribers
Post #97042 3.8K
#Yangiliklar

🎓USTOZ VA MURABBIYLAR E’ZOZLANDI

✅ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan viloyati Vakilligi, “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi huzuridagi Diniy-marifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti Namangan mintaqaviy filialida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar bayram munosabati bilan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🗣Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Xotamov Jamshed Muxtarovich hamda Namangan viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar Kengashi a’zosi Abdulloh domla Samatov ishtirok etib, ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.

⏺Tadbir davomida ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib, o‘z vazifalarini sidqidildan ado etib kelayotgan xodimlarning faoliyati e’tirof etilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

⏺Barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzatib boring:

👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
  • 👍 5
More from @ravza_uz
  1. Oct 1, 2026#МАҚОЛА #УСТОЗ #ШОГИРД ЧАЛА ИЛМ — ШОГИРДГА ҲАМ, УСТОЗГА ҲАМ МУСИБАТ •┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈┈•┈…
  2. Oct 1, 2026#Ҳикмат ҲАР БИР ИНСОН АНА ШУ БАХТГА ЭРИШСИН! Ибн Қудома роҳимаҳуллоҳдан: «Бахтли киши ким?…
  3. Oct 1, 2026#МАҚОЛА #УСТОЗ #ОТА УСТОЗ — ОТАНГДЕК УЛУҒ •┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈┈•┈┈• Шарқда «Устоз — отангде…
  4. Oct 1, 2026#Ҳадис Табароний Анас розияллоҳу анҳунинг ҳадисларидан мухтасар келтиради: Расулуллоҳ солл…
  5. Oct 1, 2026#МАҚОЛА #УСТОЗ #МАСЪУЛИЯТ УСТОЗЛИК — ШАРАФЛИ ВА МАСЪУЛИЯТЛИ МАҚОМ •┈┈•┈┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈┈•┈┈•…
  6. Oct 1, 2026#tabrik #ustozlar_va_murabbiylar_kuni Муфтий ҳазратлари ўзлари таълим олган мактаб жамоаси…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →