Har qanday biznesda eng katta o'zgarish yasaydigan narsa – marketing.
Agar siz marketingni atigi 10 % ga yaxshilasangiz, bu biznesda tezkor va karrali o'sishga sabab bo'ladi.
O'zining 40 yillik jinoiy faoliyati davomida banklarda millionlab dollar o'g'irlagan va hayotining yarimini qamoqxonalarda o'tkazgan, hatto uch marta qamoqdan qochishni ham eplagan kishidan "Nega siz banklarni o'margansiz?" deb so'ralganida "Chunki pul shu yerda-da" deb javob bergan.
Nega biznesda marketinga qattiq yopishib olishimiz kerak deydiganlarga ham xuddi shu javob to'g'ri keladi: "Chunki pul o'sha yerda"
Bir varaqli marketing reja kitobini o'qiyotganimda yozib qo'ygan ekan, ulashib ketdim.
@ramzbek
Post #691
725
- 👍 10
- 🔥 7