Har safar diqqatimiz chalg‘iganda, uni qayta jamlash uchun 15-20 daqiqa vaqt ketadi. Keling, bu jarayonni batafsil tushuntirib beraman🚦
Hozirgi kunda diqqatni jamlash – "fokus" eng aktual mavzulardan biri.
Bizning miyamizda diqqat va xotirani boshqaruvchi tizim bor. Har safar ijtimoiy tarmoq, bildirishnomalar yoki boshqa chalg‘ituvchi omillar e’tiborimizni tortganda, miyaning ushbu qismi yangi vazifaga o‘tadi. Ammo bu jarayonning ikkita muhim oqibati bor:
🧠 Kognitiv qoldiq (Cognitive residue):
– Chalg‘iganingizdan keyin ham miyangiz avvalgi faoliyat haqida o‘ylab turadi.
– Masalan, Instagramda 5 daqiqa skroll qilsangiz, undan chiqqandan keyin ham miyada “Yana nima yangilik bor edi?” degan savol aylanib turadi.
– Bu e’tiborni jamlashga xalal beradi va samaradorlikni pasaytiradi.
⏳ O‘tish vaqti (Switching cost):
– Bir vazifadan ikkinchisiga o‘tish miyaga energiya sarflashni talab qiladi.
– Har safar chalg‘iganda, yana ishga qaytish uchun miyangiz 15-20 daqiqa davomida o‘zini “qayta yuklaydi.”
– Bu vaqt ichida samaradorlik pasayadi va ishga bo‘lgan chuqur e’tibor buziladi.
Doim har safar o'quvchilarimga aytaman: Bizni reels ko'p ko'rilishi uchun odamlarga qiziqroq mavzularni olib chiqishimiz kerak, lekin o'zimiz reels kam ko'rishimiz kerak.
@ramzbek
Post #551
447
- 👍 11
- 🔥 9