#Quyi_Chirchiq_tumani
#Ustoz_va_kurabbiylar_kuni
⚡️1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Quyi Chirchiq tumani sport maktabida ustoz va murabbiylarga hurmat va ehtirom ko‘rsatishga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
📍Tadbir davomida yosh avlodni sportga jalb etish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda yuksak natijalarga erishishida munosib hissa qo‘shib kelayotgan sport maktabining fidoyi va zahmatkash xodimlari e’tirof etildi. Ularga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirilib, samimiy tilaklar bildirildi.
📍Ustoz va murabbiylar — shogirdlariga nafaqat bilim va ko‘nikma, balki hayotiy tajriba, ishonch va qat’iyat bag‘ishlaydigan, ularni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan fidoyi insonlardir.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram 🌐WebSayt 🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Post #53675
292





