TGViewer
Channel Public Channel
QarDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limi

QarDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limi

@qdtu_karyera

QDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limining rasmiy Telegram kanali.

✅️ Ish o'rinlari
✅️ Korxonalar bilan hamkorlik
✅️ CV yozish bo'yicha maslahatlar
✅️ Rezyume namunalar
Subscribers
265
Photos
185
Videos
12
Links
55
Recent Posts 5 shown
Post #216 143
#Yoshlar_kuni

Qarshi davlat texnika universitetida yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvda “Oʻzmilliybank” AJ viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Murodbek Ibodov, “Kelajakka qadam” markazi menejeri Dostonbek Suyunov, universitet talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Shavkat Suyunov, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Shavkat Nasimov hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, ularning biznes gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Haq toʻlanadigan amaliyot haqida keng tushuncha berildi.

Taʼkidlanganidek, “Kelajakka qadam” dasturi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi, egallagan bilim va koʻnikmalarini amaliyotga tatbiq etishi, shuningdek, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish orqali iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
  • ❤ 1
Post #215 137
📌 Universitet yoki Institut? Farq nimada?

Ko‘pchilik abituriyentlar va talabalar "universitet" va "institut" tushunchalarini bir-biridan farqlay olishmaydi. Aslida, bu ikkisi o‘xshash bo‘lsa-da, muhim farqlarga ega.

🏛Universitet – keng qamrovli ta’lim maskani
Universitet – turli sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim beruvchi yirik oliy o‘quv yurti.

➡️U bir nechta yo‘nalish va fakultetlarni qamrab oladi (masalan, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, pedagogika va boshqalar).

🏢 Institut – muayyan sohaga ixtisoslashgan o‘quv yurti
➡️Institutlar asosan bitta yoki bir nechta o‘xshash yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘ladi (masalan, pedagogika instituti, muhandislik instituti).
⬅️Universitetlarga qaraganda kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bakalavriat va magistratura darajalarini beradi. Lekin bugungi kunda institutlar ham doktorantura bosqichida ta'lim berishmoqda.

XULOSA

🔴Agar siz keng tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishni istasangiz, universitet siz uchun yaxshiroq variant.
🔴Agar aniq bir sohaga ixtisoslashmoqchi bo‘lsangiz, institut mos keladi.
  • ❤ 1
Post #214 121
#SavolJavob

❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi?

🧢Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.
Post #209 114
📢 “Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!

🎓 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

💼 Dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
— “Tadbirkorlikka ilk qadam”
— “Biznes start”
— “Biznes progress”
— “Talaba invest”
— “Mening birinchi kasbim”

💰 Ushbu loyihalar orqali:
• biznesni boshlash va kengaytirish
• kasb egallash va malaka oshirish
• yangi ish o‘rinlari yaratish
• xorijda o‘qish va tajriba orttirish

imkoniyatlari yaratilgan.

🚀 Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!

📌 Batafsil: nbu.uz
📞 (78) 148 00 10
Post #202 133
Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.

Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/232125

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Older posts →

About this channel

How can I read @qdtu_karyera without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for QarDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does QarDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limi have?
QarDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limi (@qdtu_karyera) has 265 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does QarDTU Karyera markazi va talabalar amaliyoti bo'limi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →