Esingizda bo'lsa Google ga ishga qabul qilingan do'stimiz haqida aytgan edik, bugun ular tomonidan
FAANG kompaniyalariga topshirgan intervyulari haqida post larini ulashmoqchimiz.
📌📌
LinkBunda siz nafaqat Google balki
Amazon, Facebook, Uber, Spotify bilan o'tgan intervyular qanday tarzda bo'lganligi va tayyorlanishni boshlamoqchi bo'lganlar uchun o'z tajribalaridan kelib chiqib hayotiy tavsiyalarni ham o'qishingiz mumkin.
-----
Ushbu maqoladagi eng menga yoqqan fraza bu
"Never lie" (Hech qachon yolg'on gapirmang)
Rostdan ham intervyu jarayonida interviewerni alday olaman deb harakat qilmang bu sizning eng katta xatoyingiz bo'ladi. Ular baribir sizni rol o'ynayotganingizni sezib qolishadi. Aksincha bilmagan narsangizni bilmasligingizni tan olish bilan birga o'zingizni qanchalik yangi narsalarni tez o'rgana olishga qobiliyatingiz borligini ko'rsata olsangiz siz yutdingiz hisob ✊✊ Ular ham qachondir sizning o'rningizda bo'lgan sizni yaxshi tushunishadi va qo'llab quvvatlashga harakat qilishadi.