📢 Ertaga meetup qilyapman
Ertaga, 14-oktabr kuni INHA universitetida meetup o'tkazaman. Tech karyera, AI, Big Tech kompaniyalarda ishlash va MAANG intervyulariga tayyorgarlik haqida gaplashamiz, savollaringizga javob beraman.
Meetup faqat INHA talabalari uchun emas, boshqalar ham kelishi mumkin. Tashqaridan keladiganlar uchun joylar soni cheklangan, shuning uchun kelsangiz, kommentariyada “+” yozib qoldiring.
• Sana: 14-oktabr, chorshanba
• Vaqt: 16:30
• Joy: Inha Universiteti, B101-xona
Savollaringizni tayyorlab keling. Ko'rishamiz!
@rustamzokirov
Post #297
37
Forwarded from @Rustam-Z⚡️
