Robert Bellm CFO
Bu inson kompaniyani madaniyatiga katta hissa qo'shgan inson ekanlar. Bu kishi bilan meetingdan oldin va keyin boshqa xodimlarda bu kishini ismini eshtishganda bexosdan hammada katta samimiy tabassum paydo bo'lganiga guvoh bo'ldim.
Suhbat davomida esa buni sababini tushungandek bo'ldim )
Robert suhbatining boshida onalari haqida shunday gap aytdilar: "She never complained" , vaziyat qanchalik qiyin bo'lishiga qaramasdan hech qachon nolimasdan bunga donolik bilan yondoshganligi haqida gapirib berdilar.
Bu kompaniyada shunday madaniyatni shakillantirishgan ekanki, men qildim emas biz qildik. Jamoa oldiga suhbatga chiqqanlarida ham erishilgan natijaga asosiy urg'u emas,jamoa a'zolari qilgan ishlari haqida to'xtalib o'tishni yaxshi ko'rar ekanlar. Bu esa har bir jamoa a'zosi uchun o'zini shu jamoada ekanligini eslatib turadi.
Big Commerce kompaniyasi ichida humbitios degan qadriyat yaratishgan ekan )) yani humble(kamtar) va ambitious (ambitsiyali) bo'lish bir vaqt o'zida.
Qisqa qilib aytganda inson qadriyatlari birinchi o'ringa qo'yiladigan muhitni yaratishgan ekan.
Robert Interview lar davomida har bir ishchini o'zi interview qilishga harakat qilar ekan, jamoaga to'g'ri insonni tanlab olish uchun. Chunki inson qadriyatini kompaniya o'rgatishi juda qiyin u inson o'zida bo'ladi. Unday insonlarni tanlab olish esa kompaniydagi muhitni saqlab qolish uchun muhimligini aytib o'tdilar.
Interviewlar haqida aytib o'tgan fikrlari:
Intervyu davomida "men bu bu bu ishlarni qildim" deyish ham red flag bo'lishi mumkin. "Men jamoada ishlaganimda bu qismini qildim, jamoada bunday muammoni yechishga hissamni qo'shdim" deyish esa insonni qanchalik jamoada ishlay olish qobiliyatini ko'rsatadi.
Interview davomida yolg'on gapirish bu eng katta red flag.
Yana bir aytib o'tgan fikrlari shu bo'ldiki:
Xodimlarni jamoaga qo'shishdan oldin intervyuda ularni ustozlari kimlar ekanligi haqida so'rar ekan. Agar insonda ustozlari (mentori) bo'lsa bu degani u inson o'zi da ham mentor bo'lishga salohiyat bor. Agar mentorim yo'q, topa olmayapman desa bu u insonni o'zi ham bir kun mentor bo'lishi ehtimoli kamligini ko'rsatadi degan fikrni aytib o'tdilar.
Ustozlarning ahamiyati doim baland😊
Post #186
691
PyNotes Photo
- 👍 9